De Vinterning transferi "Milan"ga qanchaga tushdi?

"Milan" o'zining rasmiy sayti orqali yangi futbolchi bilan shartnoma imzolaganini e'lon qildi.
Jamoa ro'yxatini 23 yoshli Koni de Vinter kengaytirdi. Belgiyalik futbolchi "rossonerilar"ga "Jenoa"dan ko'chib o'tdi va besh mavsumga - 2030 yilning o'rtalariga qadar shartnoma imzoladi.
De Vinter "Milan"da 5-raqam ostida o'ynaydi.
OAV xabarlariga ko'ra, Koni de Vinterning transferi "Milan"ga 20 million evroga tushgan.