Amerikaning "Inter Mayami" klubi argentinalik yarim himoyachi Rodrigo de Paulning transferini rasmiylashtirishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda nufuzli insayder Fabritsio Romano.

Manbaga ko'ra, 31 yoshli xavbekning Florida jamoasiga o'tishi bo'yicha kelishuv tez orada yopiladi. Rodrigoning transfer narxi 25 million evroga baholanmoqda.

2024/2025 yilgi mavsumda de Paul Madridning "Atletiko" klubi safida 53 ta o'yin o'tkazdi. Yarim himoyachi 3 ta gol va 10 ta assistni o'z hisobiga yozdirib qo'ydi.