De Dzerbi: "Rabo ta'riflanganidan butunlay farq qiladi"

Italiyalik mutaxassis Roberto de Dzerbi "Marsel"da birga ishlayotgan Adrien Raboni juda qadrlaydi. Uning so'zlariga ko'ra, Rabio futbol bilan yashaydi, uning barcha muvaffaqiyatlari shundan.
"Rabo meni juda hayratda qoldirdi, men u haqida ko'rayotganlarimdan butunlay boshqacha gaplarni eshitganman. Umuman olganda, italyan jurnalistlari ba'zan ko'p narsalarni o'ylab topishadi. Rabo kamtar, bosiq va o'z ishiga sodiq. U futbol uchun yashaydi, uning his-tuyg'ulari futbolga bag'ishlangan va onasining fe'l-atvori ham shunga o'xshash. Ular haqiqiy odamlar," - deya de Dzerbining so'zlarini keltiradi derbyderbyderby.it.
Eslatib o'tamiz, Adrien Rabio bungacha "PSJ" va Turinning "Yuventus" kabi klublarida to'p tepgan.