Kevin de Bryuyne Antonio Konte va Pep Gvardiolani solishtirdi.

Belgiyalik yarim himoyachi "Manchester Siti"dagi o'n yillik faoliyatidan so'ng "Napoli"ga tekinga o'tdi.

"Murabbiyni bilaman, chunki u "Chelsi" va "Tottenxem"da ishlagan. U Gvardioladan farqli tizimda o'ynaydi, lekin u so'nggi o'n yillikda Italiya va Evropaning eng yaxshi murabbiylaridan biri edi.

Bu shunday darajadagi murabbiy bilan ishlash uchun ajoyib imkoniyat. Men qattiq mehnat qilyapman va besh-olti haftadan keyin ajoyib formada bo'laman deb o'ylayman", - dedi De Bryuyne.