"Chelsi"ning to'rt nafar futbolchisi klublar o'rtasidagi jahon chempionati ramziy terma jamoasiga kiritildi.

Londonliklar klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ"ni tor-mor etdi (3:0).

KO'JCh-2025 rasmiy translyatori DAZN o'z talqiniga ko'ra musobaqa yakunlari bo'yicha ramziy jamoa tuzib chiqdi:

Darvozabon: Yassin Bunu («Al-Hilol»);

Himoyachilar: Ashraf Xakimiy, Markinos (ikkalasi – «PSJ»), Tiago Silva («Fluminense») va Mark Kukurelya («Chelsi»);

Yarim himoyachilar: Pedru Netu, Entso Fernandes, Koul Palmer (barchasi – «Chelsi») va Vitinya («PSJ»);

Hujumchilar: Djon Aryas («Fluminense») va Gonsalo Garsiya («Real Madrid»).