Davron Fayziev va Hasan Turdaliev ham «Setanta Sports» bilan shartnoma imzoladi

Angliya premer-ligasining O'zbekistondagi translyatsiyasi huquqiga ega bo'lgan «Setanta Sports» telekanali boshlanayotgan mavsumda o'yinlarni o'zbek tilidagi sharh yordamida efirga uzatishni rejalashtirmoqda.
Kompaniya bu maqsad yo'lida "Sport" telekanali sharhlovchilari bilan shartnoma imzolmoqda. Avvalroq Orif Tolipov bilan bir mavsumga shartnoma imzolangani e'lon qilingani bo'lsa, «Setanta Sports» Davron Fayziev va Hasan Turdaliev bilan ham kelishuvga erishdi.