"Bolonya" va "Milan" klublarining sobiq himoyachisi Davide Kalabriya "Panatinaikos" futbolchisiga aylanishga yaqin turibdi, deb xabar bermoqda jurnalist Janluka Di Martsio.

Manbaga ko'ra, futbolchi taklifni qabul qilishga tayyor. Unga 3 yillik shartnoma taklif qilishmoqda. Hozirda kelishuv tafsilotlari bo'yicha muzokaralar olib borilmoqda.

Kalabriya hozirda erkin agent, shuning uchun Gretsiya klubi u uchun tovon puli to'lashi shart emas.

28 yoshli futbolchi o'tgan mavsumni "Milan"da boshlagan, qishda esa ijara asosida "Bolonya"ga o'tgan edi. U jami 27 ta o'yinda maydonga tushib, 1 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.