Darvin Nunes "Al-Hilol"dagi ilk golini urdi

“Al-Hilol” hujumchisi Darvin Nunes klubdagi ilk uchrashuvidayoq gol urdi.
Urugvaylik futbolchi Shveytsariyaning “Aarau” klubiga qarshi o'rtoqlik bahsida zaxiradan maydonga tushib, ilk goliga mualliflik qildi. “Al-Hilol” bu bahsda 6:0 hisobida g'alaba qozondi.
Eslatib o'tamiz, Saudiya klubi shanba kuni Nunesni “Liverpul”dan sotib olganini e'lon qilgandi. Hujumchining transferi bonuslar bilan birga 65 million evroni tashkil etgan.