“Tottenxem” klubi markaziy himoyachisi Kevin Danso jamoasining UEFA Superkubogi uchun “PSJ”ga qarshi o'yindagi omadsizligi haqida fikr bildirdi.

"Biz dunyoning eng yaxshi jamoalaridan biriga qarshi o'ynadik, ko'plab vaziyatlar yaratdik. "PSJ" yakunda ikkita yaxshi gol urdi, ammo ularning oldini olishimiz mumkin edi, bu juda achinarli. Bunday mag'lubiyatni qabul qilish qiyin, chunki biz o'yin rejasini a'lo darajada bajardik.

Biz o'tkazib yuborgan birinchi goldan so'ng bor e'tiborimizni jamlashga harakat qildik, ammo ular baribir ikkinchi golni urishdi", - dedi Danso.