Chexiya terma jamoasi sobiq futbolchisi 29 yoshida faoliyatini yakunladi

Yakub Yankto 29 yoshida futbolchilik faoliyatini yakunlaganini e'lon qildi.
Chexiya terma jamoasining sobiq yarim himoyachisi ijtimoiy tarmoqlarda o'z qarori haqida gapirdi.
Futbolchining so'nggi klubi "Kalyari" bo'lgan. U bungacha "Xetafe", Praganing "Sparta", "Sampdoriya," "Udineze" va "Askoli" klublarida ham to'p tepgan.