UEFA «Barsa» ChL gurux bosqichini «Kamp Nou»da o'tkaza olishiga shubxa qilmoqda. Ular buni inkor etmaydi, lekin 1 oy avval UEFA vakillari stadionni ko'zdan kechirishdi va ishonch xosil qilishmadi.

Klub ilk o'yinni mexmonda o'tkazishni so'radi, ammo, odatda UEFA bunga ko'nmaydi.

P.S. Reglamentga ko'ra, «Barsa» gurux bosqichini faqat bitta uy stadionida o'tkazishi shart. Agar ChL dagi ilk uy o'yinigacha (1 yoki 2-tur) «Kamp Nou» tayyor bo'lmasa, boshqa stadionda pley-offgacha o'ynashga majbur. Pley-offda yana qaytadan stadion uchun "zayavka" berish mumkin.