Londonning "Chelsi" klubi xavbeki Andrey Santos Entso Mareska jamoasida o'zini ko'rsatish imkoniyatiga ega bo'ladi.

Braziliyalik futbolchi o'tgan mavsumni Frantsiyaning "Strasburg" klubida ijarada o'tkazib, o'zini ko'rsatdi. Yozda futbolchi "Chelsi" qarorgohiga qaytdi va klublar o'rtasidagi jahon chempionatida g'alaba qozondi. Santosga "Yuventus" qiziqish bildirayotgandi, biroq insayder Fabritsio Romanoning yozishicha, "ko'klar" futbolchini na sotmoqchi, na uni navbatdagi ijaraga jo'natmoqchi. 21 yoshli yarim himoyachi bo'lajak mavsum rejalarining muhim qismi hisoblanadi, londonliklar uning istiqbollarini yuqori baholashmoqda.

Andrey Santosning Transfermarkt portalidagi narxi - 35 mln evro. Braziliyalik futbolchining shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.