Klublar jahon chempionatidagi ishtirok "Chelsi"ni mavsumoldi tayyorgarligini qisqartirishga majbur etdi. London klubi yangi mavsumga tayyorgarlikni o'z bazasida olib borishini e'lon qildi. "Aristokratlar" o'rtoqlik turniri doirasida "Stemford Brij"da ikkita o'yin o'tkazadi.

"Chelsi"ning o'rtoqlik turniridagi raqiblari "Bayer" (8 avgust) va "Milan" (10 avgust) jamoalari bo'ladi.

Eslatib o'tamiz, "Chelsi" klublar jahon chempionatida g'olib bo'ldi. Musobaqa finalida Entso Mareska jamoasi kutilmaganda "PSJ"ni 3:0 hisobida mag'lubiyatga uchratdi.

Angliya chempionati avgust oyi o'rtalarida boshlanadi.