"Chelsi" yangi himoyachi uchun taxminan 40 mln evro to'laydi

Londonning "Chelsi" klubi Amsterdamning "Ayaks" klubi himoyachisi Yorrel Xato bilan shartnoma imzolashni yakunlamoqda.
Avval xabar berganimizdek, ingliz grandi 19 yoshli futbolchining o'zi bilan kelishuvga erishgan. Insayder Fabritsio Romanoning hisobotidan ma'lum bo'lishicha, Xato "Ayaks"dan o'zini "Chelsi"ga sotishni so'ragan. Futbolchi faoliyatini Londonda davom ettirishga qat'iy qaror qilgan.
Klublar o'rtasidagi muzokaralar davom etmoqda - bitim tafsilotlari kelishib olinish arafasida. Manbaning ta'kidlashicha, transfer qiymati taxminan 40 mln evroni tashkil qilishi kutilmoqda.
Transfermarkt portali ekspertlari Yorrel Xatoning narxini 35 mln evroga baholamoqda.