"Chelsi" yana Mayk Menyanni sotib olish variantini ko'rib chiqmoqda, deb yozadi TEAMtalk.

30 yoshli frantsiyalik posbonga londonliklar anchadan beri qiziqish bildirmoqda, ular avvalroq milanliklar bilan muzokara olib borishgan, biroq kelishuvga erisha olmagan.

"Rossonerlar" darvozabonni 22 million evroga baholamoqda, "Chelsi" bu narxni oshirib yubordi. Biroq yaxshiroq variantlarni topa olmagan londonliklar yana frantsuz g'oyasiga qaytishdi.

Yaqin orada ingliz klubi "Milan" bilan kelishuvga erishish uchun yana bir urinib ko'radi va muvaffaqiyatsizlikka uchragan taqdirda, transfer oynasida boshqa variantlarni izlaydi.