"Chelsi" yana bir bor Menyan transferini amalga oshirishga harakat qilib ko'radi

Frantsiya terma jamoasi va "Milan" darvozaboni Mayk Menyan Angliya Premer-ligasiga ko'chib o'tishi mumkin. Bu haqda GiveMeSport portali xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, darvozabonni hamon Londonning "Chelsi" klubi o'z safiga qo'shib olmoqchi. "Aristokratlar" yozgi transferlar oynasi yopilgunga qadar "rossonerilar" bilan kelishuvga erishmoqchi. Menyaning bozor narxi 25 million evroga baholanmoqda. Maykning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yilning yozida yakuniga etadi.
O'tgan mavsumda darvozabon 52 ta o'yinda ishtirok etgan. 14 o'yinda Menyan o'z darvozasini daxlsiz saqlab qoldi.