"Chelsi" ustozi Mareska matbuot anjumanida jurnalistning so'zlaridan so'ng gap topa olmay qoldi qoldi

"Chelsi" bosh murabbiyi Entso Mareska klublar o'rtasidagi jahon chempionati yarim finalidan o'rin olgan "Fluminense"ga qarshi o'yin oldidan taqvimdagi tig'izlik haqida gapirdi.
Londonliklar seshanba kuni braziliyalik raqibi bilan o'ynaydi. O'yin Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
"Bu mavsumda 63 ta o'yin o'tkazdik. Evropa jamoalari ancha kam o'ynagan Janubiy Amerika jamoalari bilan solishtirganda butunlay boshqacha sharoitda," - dedi italiyalik matbuot anjumanida.
"Ammo "Fluminense" xuddi shu davrda 70 ta o'yin o'tkazdi," - deya javob berdi jurnalist.
Mareska bir og'iz ham so'z aytmay, bosh irg'ab qo'ya qoldi.