"Chelsi" tarixda ikkinchi bor KO'JChda g'alaba qozondi. Ulardan faqat ispan grandlari ko'proq chempion bo'lgan

"Chelsi" 2-marta klublar o'rtasidagi jahon chempionligini qo'lga kiritdi.
Musobaqa finalida Entso Mareska jamoasi "PSJ"ni yirik hisobda mag'lub etdi (3:0).
2021 yilda "ko'klar" birinchi marta 2000 yildan beri o'tkazib kelinayotgan KO'JChda g'olib chiqqandi.
Londonliklardan ko'proq g'alabani faqat "Real" (5) va "Barselona" (3) qo'lga kiritgan. "Bavariya" va "Korintians"da ikkitadan chempionlik bor.