"Chelsi" Sarrni "Strasbur"ga ijaraga berdi

"Chelsi" Mamadu Sarrni "Strasbur"ga ijaraga jo'natdi. Bu haqda frantsuz klubi matbuot xizmati ma'lum qildi.
Sarr iyun oyida "Chelsi" tomonidan aynan shu "Strasbur"dan 20 million evroga sotib olingan edi.
London klubi joriy yozda mazkur frantsuz klubiga 5-transferni amalga oshirmoqda. Bundan oldin "ko'klar" darvozabon Mayk Penders va yarimhimoyachi Kendri Paesni ijaraga berishgan edi.
Shuningdek, 21 yoshgacha bo'lganlar jamoasidan yarimhimoyachi Matis Amugu va himoyachi Ishe Semyuels-Smit ham sotildi.
Eslatib o'tamiz, "Strasbur" ham "Chelsi" singari BlueCo guruhiga qarashli.