"Chelsi" "PSJ" yulduziga da'vogar emas

Londonning "Chelsi" klubi "Pari Sen-Jermen" darvozaboni Janluiji Donnarummaga da'vogarlik qilmayapti.
Parij klubi "Lill"dan Lyuka Shevaleni sotib olishga yaqin turibdi, buning fonida Donnarummaning tez orada ketishi haqidagi gap-so'zlar yanada dolzarb bo'lib qoldi. Italiyalik futbolchiga Evropaning ko'plab grandlari, jumladan, "Chelsi" ham qiziqish bildirgan, biroq ayni damda "ko'klar" darvozabonga da'vogarlik qilmayapti, deya xabar beradi jurnalist Mett Lou. Ma'lum bo'lishicha, Entso Mareska jamoasida "birinchi raqam" Robert Sanches bo'lib qoladi.
Janluiji Donnarummaning "PSJ" bilan amaldagi shartnomasi kelasi yilning o'rtalarida yakuniga etadi, tomonlar shartnomani uzaytirish borasida kelisha olmagan.