"Bornmut" "Chelsi" darvozaboni Jorje Petrovichni sotib oldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.

Shartnoma 5 yilga tuzilgan. Insayder Fabritsio Romanoning fikricha, transfer summasi 25 million funtni tashkil qilgan.

25 yoshli serbiyalik posbon 2023 yilning avgustidan buyon londonliklarga tegishli. O'tgan mavsumda u "Strasburg"da ijara asosida o'ynadi va 31ta o'yinda maydonga tushdi.