"Chelsi" ortiq Jeksonga ishonmaydi

"Chelsi" endilikda Nikolas Jeksonga ishonmaydi.
Jekson ham Kristofer Nkunku singari "ko'klar"ning kechagi "Bayer"ga qarshi o'rtoqlik o'yini qaydnomasiga kiritilmadi.
Ularning ikkisi ham jamoani tark etishi kutilmoqda, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Insayderning ta'kidlashicha, 24 yoshli forvardning London klubidagi faoliyati nihoyasiga etgan.
Avvalroq, Nikolas yaqinda "Nyukasl", "Manchester Yunayted" va "Milan"ga taklif etilgani ma'lum bo'lgandi.