"Chelsi" Kristofer Nkunkuning narxini pasaytirdi.

The Athletic xabariga ko'ra, London klubi forvardni yanvar oyida 65 million funtga baholagan bo'lsa-da, hozirda 43 million funtga sotishga tayyor.

Futbolchiga Premer-liga, A Seriya va Bundesliga klublari qiziqish bildirmoqda.

Angliya chempionatining so'nggi mavsumida Nkunku 27 ta o'yin o'tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.