"Chelsi"ning yangi vingeri - Palmer bilan suhbat haqida: "Hech narsaga tushunmadim"

"Chelsi"ning yangi a'zosi Estevao Villian Koul Palmerning gaplaridan hech narsa tushunmaganini tan oldi.
Bir oydan sal ko'proq vaqt muqaddam 18 yoshli braziliyalik futbolchi "Palmeyras" tarkibida klublar o'rtasidagi jahon chempionatining 1/4 finalida "Chelsi"ga qarshi maydonga tushgan edi. Vunderkind bo'lajak jamoasiga gol urdi, ammo bu g'alaba uchun etarli bo'lmadi - "ko'klar" 2:1 hisobida g'alaba qozondi.
O'yin tugagach, Palmer Estevao bilan gaplashganini, ammo u hech narsani tushunmaganini aytdi.
"Palmer, Essugu va Delap o'sha o'yindan keyin yonimga kelishdi. Rostini aytsam, men Palmerning bironta ham so'zini tushunmadim! Men faqatgina uning xursand ekanligini tushundim," - deya Estevaoning so'zlarini keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.