"Chelsi"ning yangi a'zosi Hato: "Premer-liga - eng kuchli chempionat"

"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi, yaqinda Amsterdamning "Ayaks" klubidan sotib olingan Yorrel Xato Angliya Premer-ligasi darajasiga baho berdi.
"Ko'klar" 19 yoshli niderlandiyalik futbolchini 44 mln evrodan ko'proqqa xarid qildi. Transfer yakshanba kuni amalga oshirildi.
"Premer-liga - dunyodagi eng kuchli chempionat. Bu erda ajoyib jamoalar va ajoyib o'yinchilar ko'p. Men aynan shuni xohlagandim - eng yaxshilar bilan o'ynash va eng yaxshilarga qarshi turish," - deya yangi futbolchining intervyusidan iqtibos keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.
Yorrel Xato London grandi bilan 2032 yil yozigacha mo'ljallangan shartnoma imzoladi.