"Chelsi"ning yangi a'zosi Estevao: "Dunyoning eng yaxshisi bo'lishni istayman"

Londonning "Chelsi" klubi yangi o'yinchi sifatida Estevao Villyanni tanishtirdi. 18 yoshli vinger seshanba kuni "ko'klar" qarorgohiga etib keldi va shundan so'ng intervyu berdi.
"Men "Chelsi" bilan barcha mumkin bo'lgan sovrinlarni - Chempionlar ligasi, Premer-ligani yutishni istayman. Individual darajada dunyoning eng yaxshi o'yinchisi bo'lishni istardim, tinimsiz ishlashda davom etaman," - deya ta'kidladi braziliyalik.
Estevao "Palmeyras"dan "Chelsi"ga o'tgan. Transfer qiymati ehtimoliy bonuslarni hisobga olmaganda 34 mln evroni tashkil etdi.