"Chelsi"ning Simonsni qo'lga kiritishi qiyin bo'ladi

"Chelsi" Kristofer Nkunkuni "Leyptsig"ga qo'shimcha to'lov evaziga Xavi Simonsga almashtirishi mumkin.
Londonliklar shanba kuni nemis klubi bilan muzokaralar olib bormoqda.
"Chelsi" "RB Leyptsig" bilan 70 million evrolik taklif bo'yicha bog'langan.
“Ko'klar” Nkunkuni 46 million evroga baholamoqda. Shu tariqa, «Chelsi» Simons uchun qo'shimcha 24 million evro to'lashi kerak bo'ladi.
Nkunku 2019 yildan 2023 yilgacha "Leyptsig"da o'ynagan, shundan so'ng u 60 million evro evaziga "Stemford Brij"ga o'tgan.