"Chelsi"ning Kudus bo'yicha yuborgan qanday taklifi rad etilgani ma'lum bo'ldi

Londonning "Tottenxem" klubi joriy yozda "Vest Xem"dan Muhammad Kudusni 63 million evro evaziga sotib oldi.
Sun Sport xabariga ko'ra, 25 yoshli ganalikni qo'lga kiritish uchun "Chelsi" ham harakat qilib ko'rgan.
"Aristokratlar"ning 30 mildion funt va Kirnan Dyusberi-Xollni o'z ichiga olgan taklifi "bolg'achilar" tomonidan rad etilgan.