"Chelsi"ning ikki futbolchisi "Strasburg"ga ijaraga beriladi

Londonning "Chelsi" klubining yana ikki futbolchisi o'yin amaliyoti uchun "Strasburg"ga yo'l oladi.
19 yoshli darvozabon Mayk Penders dushanba kuni frantsuzlar jamoasi qarorgohiga etib keladi, deb xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano, tez orada xuddi shu yo'nalishda 18 yoshli hujumkor yarim himoyachi Kendri Paes ham keladi.
Belgiyalik darvozabon "Chelsi"ga o'tgan yilning yozida "Genk"dan ko'chib o'tgandi - transfer qiymati 20 mln evroni tashkil etgandi. O'tgan mavsumni futbolchi xuddi shu "Genk"da ijarada o'tkazdi.
Paesni London grandi Ekvadorning "Independente" klubidan 10 mln evroga sotib olgan, transfer shu yil yozda amalga oshirilgandi.