"Chelsi" navbatdagi transferni yopmoqda

"Ayaks" himoyachisi Yorrel Xato "Chelsi"ga o'tish arafasida turibdi.
Dushanba kuni bo'lib o'tgan muzokaralardan so'ng, klublar transfer shartlari bo'yicha deyarli kelishuvga erishdi, kelishuv muvaffaqiyatli yakunlanishiga oz qoldi, deydi insayder Fabritsio Romano. Avvalroq, 19 yoshli futbolchining o'zi "Chelsi"ga o'tish niyatida ekani xabar qilingandi - u londonliklar bilan uzoq muddatli shartnoma tuzishga tayyor.
Avvalgi hisobotlarda keltirilgan ma'lumotlarga ko'ra, ingliz grandi amsterdamliklarga Yorrel Xato uchun 40 mln evrodan ko'proq pul to'laydi.