"Chelsi" murabbiyi 15 futbolchi bilan xayrlashmoqchi

"Chelsi"da katta tozalash rejalashtirilmoqda. Transfer News Live nashrining taniqli jurnalist Nikolo Skiraga tayanib xabar berishicha, londonliklar bosh murabbiyi Entso Mareska klubni 15 nafar futbolchi tark etishini istamoqda. Bu ro'yxat quyidagicha:
Kristofer Nkunku, Aksel Disasi, Benua Badyashil, Uesli Ugochukvu, Ben Chiluell, Rahim Sterling, Alfi Gilkrist, Karni Chukvuemeka, Kirnan Dyusberi-Xoll, Nikolas Jekson, Mark Giu, Renatu Veyga, Aaron Anselmino, Armando Broya va Devid Datro Fofana.
Angliya chempionatining birinchi turida "Chelsi" o'z maydonida "Kristal Pelas"ga qarshi bahs olib boradi. London derbisi 17 avgust kuni bo'lib o'tadi.