"Liverpul" markaziy himoyachi Ibrahima Konate yozgi transfer oynasida klubini o'zgartirishi mumkin.

Delinedaylive hisobotiga ko'ra, Londonning "Chelsi" klubi frantsiyalik futbolchini o'z safiga qo'shib olmoqchi. 26 yoshli futbolchining bozor qiymati 60 million evroni tashkil qiladi.

Angliya Premer-ligasining so'nggi mavsumida Konate 31 uchrashuvda ishtirok etdi. Himoyachi bitta gol urdi, ikkita golli uzatma berdi.