"Chelsi"ning chap qanot himoyachisi Mark Kukurelya Saudiya Arabistoniga ko'chib o'tishi aytilayotgan edi. 27 yoshli futbolchiga yaqinda "An-Nasr" qiziqish bildirayotgan edi, biroq jurnalist Ben Jeykobsning ma'lumotiga ko'ra, London grandi joriy transferlar davrida ispaniyalik futbolchi bo'yicha takliflarni ko'rib chiqmaydi.

Mark Kukurelya "Chelsi" safida 2022 yilning yozidan buyon to'p tepib kelmoqda, uning amaldagi shartnomasi 2027/28 yilgi mavsum yakunlangach, o'z nihoyasiga etadi. O'tgan mavsumda futbolchi Entso Mareska jamoasi safida barcha musobaqalarda 54 ta o'yin o'tkazib, ettita gol va to'rtta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali lateralning narxini 35 mln evroga baholamoqda.