"Chelsi" Kolvill o'rniga 60 million evro evaziga "Bayer" himoyachisini sotib olmoqchi

"Bayer" markaziy himoyachisi Pero Inkape faoliyatini Londonning "Chelsi" klubida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Bolavip xabar berdi.
Manbaga ko'ra, ayni damda "Chelsi" Inkape bo'yicha 60 million evrolik bitim tuzish imkoniyatini ko'rib chiqmoqda. "Ko'klar" 23 yoshli ekvadorlik futbolchini xochsimon bog'lamini uzib olgan Levi Kolvillga o'rinbosar sifatida ko'rishmoqda. Ta'kidlanishicha, Inkapening o'zi ham "Chelsi"ga o'tishni juda xohlamoqda.
O'tgan mavsumda himoyachi barcha musobaqalarda 45 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.