"Chelsi" "Fluminense"ni mag'lub etib, klublar o'rtasidagi jahon chempionatining birinchi finalchisiga aylandi. Yarim finalda "ko'klar" Joao Pedroning dubli evaziga Braziliyalik jamoasidan 2:0 hisobida ustun keldi.

Ingliz OAV ma'lumotlariga ko'ra, finalga chiqish London grandiga qo'shimcha 27 mln evro keltirgan. Umuman olganda, butun turnir davomida "Chelsi" taxminan 96,5 million evro ishlab oldi. Agar finalda Entso Mareska jamoasi g'alaba qozonsa, mukofot puli ko'payadi.

Londonliklarning kubok uchun hal qiluvchi o'yindagi raqibi "PSJ" yoki Madridning "Real" klubi bo'ladi. Ikkinchi yarim final chorshanba kuni, final esa 13 iyul, yakshanba kuni bo'lib o'tadi.