"Chelsi" hujumchisi Nikolas Jekson yozda jamoasini o'zgartirishi mumkin. 24 yoshli senegallikka qiziqish bildirayotgan klublar orasida Premer-liganing boshqa vakillari - "Manchester Yunayted" va "Aston Villa" ham bor.

Transfer News Live nashrining Sky Sports jurnalisti Kave Solxekolga tayanib xabar berishicha, "Chelsi" Jeksonni 80-100 million funtga (taxminan 92-115 million evro) baholamoqda.

Qayd etilishicha, "Chelsi" mo'ljal sifatida Ugo Ekitikening narxidan foydalanadi. "Liverpul" frantsuz uchun 95 million evro to'lashi kutilmoqda (bonuslar bilan birga).

"Chelsi" safida 81 ta o'yinda Nikolas Jekson 30 ta gol urdi va sheriklariga 12 ta golli uzatmani amalga oshirdi.