"Chelsi" ikki hujumchisi bilan tezroq xayrlashmoqchi

Londonning "Chelsi" klubi yangi mavsumga tayyorgarlik boshlanishidan oldin tarkibidagi keraksiz futbolchilar bilan xayrlashmoqchi.
The Telegraph xabariga ko'ra, londonliklar "Benfika" bilan Joau Feliksning transferi bo'yicha muzokaralarni kuchaytirgan.
Shuningdek, "aristokratlar" Kristofer Nkunkuning ham ketishini tezlatmoqchi.