Londonning "Chelsi" klubi "Byornli"ga futbolchilarini sotish orqali katta mablag' ishlab oladi.

Chorshanba kuni "qarg'alar" yarim himoyachi Lesli Ugochukvu transferini e'lon qildi, tez orada hujumchi Armando Broya kelishuvi ham yakunlanadi. Nufuzli insayder Fabritsio Romano ma'lumotiga ko'ra, "ko'klar" ikkala kelishuvdan jami 45 mln funtga yaqin (51,5 mln evro) daromad olishadi. 21 yoshli frantsuz Premer-liga debyutantiga 28-29 mln evroga, 23 yoshli albaniyalik esa taxminan 23 mln evroga tushadi.

O'tgan mavsumda Lesli Ugochukvu "Sautgempton"da ijara asosida to'p tepgan bo'lsa, Armando Broya "Everton"da omadsiz mavsum o'tkazdi.