Armando Broyaning transfer summasi ma'lum qilindi.

Avvalroq, "Chelsi" 23 yoshli hujumchisini "Byornli"ga sotishi ma'lum bo'lgandi.

BBC xabariga ko'ra, kelishuv summasi 20 million funtgacha bo'ladi. Futbolchining o'zi allaqachon transferga rozi bo'lgan - unga besh yillik shartnoma taklif qilinmoqda.

O'tgan mavsumda Broya "Everton"da ijarada o'ynagan edi.