"Chelsi" hujumchisini 29 million evroga sotishga tayyor

"Chelsi" forvardi Armando Broya yozda klubni tark etishi mumkin. "Ko'klar" o'tgan mavsumni ijara asosida "Everton"da muvaffaqiyatsiz o'tkazgan albaniyalik futbolchiga umid qilmayapti. The Athletic xabariga ko'ra, 23 yoshli futbolchi qiyinchiliklarga duch kelganiga qaramay, London grandi unga juda qimmat narx belgilagan - 25 mln funt (taxminan 29 mln evro).
Armando Broya "Everton" safida 11 ta o'yinda maydonga tushib, gol ura olmadi. Futbolchi jarohati tufayli mavsumning katta qismini o'tkazib yubordi.
Transfermarkt portali Broyaning narxini 12 mln evroga baholamoqda. Hujumchining "Chelsi" bilan shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo'ljallangan.