"Chelsi" forvardi David Datro Fofana faoliyatini Frantsiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Futbolchiga "Nitstsa" va "Tuluza" qiziqmoqda. Bu haqda L'Equipe xabar bermoqda.

Manbaga ko'ra, frantsuz klublari "Chelsi" bilan transfer tafsilotlarini muhokama qilmoqda. "Tuluza" hujumchi uchun 4-5 mln evro berishga tayyor, ammo klub Fofananing maosh bo'yicha talablarini qondira olishiga ishonchi komil emas.

"Nitstsa" forvardni sotib olish huquqi bilan ijaraga olmoqchi, ammo "Chelsi" rahbariyati ivuarlik futbolchini to'liq sotib yubormoqchi.

O'tgan mavsumda Fofana Turkiyaning "Gyoztepe" klubi safida to'qqizta o'yinda maydonga tushib, ikkita gol urgan. Qishda "Chelsi" hujumchining ijarasini muddatidan oldin to'xtatib, uni London klubiga qaytardi.