"Chelsi" hujumchisi APLning boshqa jamoasiga o'tadi

"Sanderlend" "Chelsi" hujumchisi Mark Giuni o'z safiga qo'shib oladi, deya xabar bermoqda Fabritsio Romano.
Manbaga ko'ra, "Sanderlend" 19 yoshli ispaniyalik futbolchini ijaraga olishga kelishib olgan. Bitim sotib olish huquqisiz to'g'ridan-to'g'ri ijara asosida tuziladi, chunki Mark "Chelsi"ning uzoq muddatli rejalarining bir qismi bo'lib qolmoqda.
Qayd etilishicha, maosh "Sanderlend" tomonidan qoplanadi, chunki u bosh murabbiy Le Bri rejalarida muhim hujumchiga aylanadi.
O'tgan mavsumda Giu klub miqyosida 16 ta o'yinda 6 ta gol urgan.