"Chelsi" himoyachisi Kaysedo va Fernandesning jamoa uchun ahamiyatini tushuntirdi

"Chelsi"ning o'ng qanot himoyachisi Malo Gyusto jamoa uchun yarim himoyachilar Moyses Kaysedo va Entso Fernandes muhim ekanini ta'kidladi.
Bugun "ko'klar" klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ"ga qarshi maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi. Gyusto hal qiluvchi o'yin oldidan jurnalistlar bilan suhbatda londonliklarning o'rta chizig'idagi ikki etakchi - Kaysedo va Fernandes haqida gapirdi.
"Ular o'zlarini juda zo'r ko'rsatishmoqda, jamoa uchun juda foydali. Ikkalasi ham ulkan iste'dodga ega va bu har bir o'yinda ko'zga tashlanadi. Bizda Moyses va Entso kabi futbolchilar borligidan xursandmiz," - deya frantsuzning so'zlarini keltiradi Absolute Chelsea.