"Chelsi" himoyachisi hochsimon paylarini shikastlab oldi

"Chelsi" himoyachi Levi Kolvillning oldingi xochsimon payini shikastlaganini e'lon qildi.
22 yoshli britaniyalik allaqachon operatsiya qilingan. Kolvill mavsumga tayyorgarlikning birinchi mashg'ulotida jarohat oldi.
Himoyachi 2024/25 yilgi mavsumda 43 ta o'yinda maydonga tushib, 2 ta gol urgan.