"Chelsi"ning o'ng qanot himoyachisi Genesis Antvi Frantsiya chempionatiga o'tishi mumkin.

Bu haqda L’Equipe nashri xabar berdi. O'tgan mavsumni 7-o'rinda yakunlagan “Strasburg” himoya chizig'ini kuchaytirish imkoniyatlarini qidirmoqda.

Shu munosabat bilan rahbariyat 19 yoshli shvetsiyalik futbolchining ehtimoliy transferi bo'yicha «Chelsi» bilan aloqa o'rnatgan.

O'tgan haftada u frantsuz klubi o'quv markaziga tashrif buyurdi.