"Chelsi" himoyachisi: "Finaldan oldin hamma "PSJ" haqida gapirdi"

"Chelsi" markaziy himoyachisi Levi Kolvill jamoaning klublar o'rtasidagi jahon chempionati finalida "PSJ" bilan muvaffaqiyat qozongani haqida gapirdi.
Londonliklar Koul Palmerning dubli va Joao Pedroning aniq zarbasi evaziga g'alaba qozondi - 3:0.
"Final oldidan hamma faqat "PSJ" haqida gapirdi. Ular biz haqimizda deyarli gapirishmasdi va biz ularni jim bo'lishga majbur qildik. Bugun biz aynan shunday qildik," - deya Kolvillning intervyusidan iqtibos keltiradi "Chelsi" matbuot xizmati.