“Chelsi”ga ushbu ikki futbolchi kerak emas

Londonning “Chelsi” klubi yozgi transfer oynasi yopilgunga qadar ikki nafar hujumchini sotishni rejalashtirmoqda, deya xabar bermoqda jurnalist Fabritsio Romano ijtimoiy tarmoq orqali.
Insayderning ma'lum qilishicha, ingliz top-klubi endi frantsuz futbolchisi Kristofer Nkunku va senegallik Nikolas Jekson bilan ishlashdan manfaatdor emas.
“Aristokratlar” yuqorida tilga olingan futbolchilar uchun bir qancha potentsial xaridorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.