"Chelsi" futbolchisi jamoada qolishini tasdiqladi

"Chelsi" markaziy himoyachisi Benua Badyashil yozda hech qaerga ketishni rejalashtirmayotganini aytdi.
Frantsuz 2024/25 yilgi mavsumda "ko'klar" safida bor-yo'g'i 22 ta o'yin o'tkazgan, Premer-ligada esa atigi besh marta maydonga tushgan. Futbolchi o'yin amaliyoti kamligiga qaramay, qolish niyatida.
"Ha, yangi mavsumda "Chelsi"da qolaman. Klub, murabbiy va barcha xodimlar menga ishonishadi, menga ishonch bag'ishlashadi. Men bu klubni, shaharni va muxlislarni yaxshi ko'raman," - deya 24 yoshli futbolchining so'zlarini keltiradi Foot Mercato.
"Chelsi" Benua Badyashilni 2023 yilning yanvarida "Monako"dan 38 mln evroga sotib olgandi. Uning amaldagi mehnat shartnomasi 2030 yilgacha mo'ljallangan.