"Chelsi" darvozabonini ijaraga berishni rejalashtirmoqda

Darvozabon Mayk Penders ijara asosida "Chelsi"dan "Strasburg"ga o'tishi mumkin. Bu haqda jurnalist Sasha Tavolieri ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
London klubi va "Strasburg" BlueCo timsolida umumiy egasi borligi sababli hamkorlik qilmoqda, klublar futbolchining ehtimoliy transferini muhokama qilmoqda.
Penders o'tgan yozda "Genk"dan "ko'klar"ga o'tgan edi, ammo o'tgan mavsumda u Belgiya jamoasida ijara asosida o'ynashda davom etdi.