"Bornmut" "Chelsi" darvozaboni Jorj Petrovich bilan shartnoma imzolaydi, deb yozadi Fabritsio Romano.

Kecha, 9 iyul kuni "olchalar" 25 yoshli serbning transferi bo'yicha rasmiy taklif jo'natishdi. Endi Jorj transferga rozi bo'ldi, Andoni Iraola jamoasi esa "Chelsi" bilan shartnoma imzolanishiga ishonchi komil.

Jorj 2023 yilning avgustidan buyon londonliklarga tegishlidir. U o'tgan mavsumni "Stratsburg"da ijara asosida o'tkazdi.